Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaynoq mavzu: ko‘k no‘xatning uch foydasi

Qaynoq mavzu: ko‘k no‘xatning uch foydasi

Foto: «Profter.ru»

Konservalangan ko‘k no‘xat hech bo‘lmaganda yilda bir marta (Yangi yil) salatlar tarkibida dasturxonga tortiladi. Mazali va to‘yimli, salomatlik uchun koni foyda.

Vitaminlar

Konservalangan no‘xatda vitaminlar qolmaydi deganlar adashadi. Hatto shu holatida ham undagi vitaminlar miqdori ko‘p sabzavotlarnikidan yuqori. Kaliy, fosfor, temir moddalari, A, V1 hamda V2 vitaminlariga juda boy. Faqat haftasiga 3-4 kundan ortiq yeyish yaramaydi, kunlik norma — 150 gramm.

Ovqat hazm qilishdagi muammolar

Ko‘k no‘xat tarkibida kraxmal va oziq tolalari bor, ular oshqozon-ichak traktidagi muammolardan xalos bo‘lishda ko‘maklashadi. No‘xat tarkibidagi kletchatka esa organizmda xolesterin miqdorini me’yorlashtirib, shlak va toksinlardan qutulishda yordam beradi.

Go‘zallik

Konservalangan ko‘k no‘xatning go‘zallikka nima daxli bo‘lishi mumkin? Hamma gap uning tarkibida organizmni hujayralar miqyosida tozalay oluvchi, toksin va allergenlarni yo‘qotuvchi antioksidantlar ko‘pligida ekan. Ushbu mahsulotni muntazam iste’mol qilib yurganlarga teri, soch va tirnoqlardagi muammolar ko‘pincha begona.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring