Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tunda ko‘p terlash nimadan dalolat?

Tunda ko‘p terlash nimadan dalolat?

Foto: «Obrjadymagii.ru»

Tunda besabab ko‘p terlasangiz, e’tiborsiz qoldirmang. Ba’zan u kasalliklar alomati bo‘lishi mumkin. Lekin aksar vaziyatlarda xonaning issiqligi va ko‘rpa-to‘shakni noto‘g‘ri tanlash oqibatidir.

Birinchi navbatda, xona harorati va namligini tekshiring. Choyshablarni paxtalisiga almashtiring. Agar bu ham yordam bermasa, birorta dard alomati bo‘lishi mumkin.

O‘RVI va viruslar

Ko‘p terlash ko‘pincha tana harorati o‘zgarishi tufayli kelib chiqadi. U ko‘tarilishi yoki tushishi mumkin. Masalan, grippdagi isitma, sil va boshqa virusli kasalliklar. Agar terlash bilan birga sizda shamollash alomatlari ham kuzatilsa, virusni shu holicha qoldirib bo‘lmaydi.

Gormonlar bilan bog‘liq muammolar

Gormonal buzilishlarda ayollar ham, erkaklar ham terlaydi. Bu homiladorlik, menopauza yoki oddiy gormonlar bilan bog‘liq muammolar bo‘lishi mumkin. Erkaklarda ushbu belgilar andropauza — keksa yoshda testosteron kamayishi natijasida kelib chiqadi.

Gipertoniya

Gipertoniklarda ko‘pincha bosh suyagi ichi bosimi o‘zgarishi kuzatiladi. Aynan u ko‘p terlashga sabab bo‘lishi mumkin. Kunduzi odam faol bo‘ladi va qon bosimi ko‘tariladi, tunda esa u tinchlanadi, shunga ko‘ra qon bosimi pasayadi.

Surunkali stress

Stress vaqtida tegishli gormonlar: adrenalin va kortizol ishlab chiqariladi. Kam harakat turmush tarzi tufayli ular tanada kechgacha aylanib yuradi va uni jangovar holatda saqlaydi. Shu tariqa tunda odam terlay boshlaydi. Shu bois vahima va xavotir bezovta qilaversa, sport bilan shug‘ullanish lozim.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring