Qashqadaryoda 17 yoshli haydovchi 3 yashar bolani urib yubordi
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida voyaga yetmagan haydovchi 3 yashar bolani urib yubordi.
Hodisa 2026 yil 30 iyun kuni soat 20:00 atrofida Qamashi tumani hududidan o‘tuvchi D-149 avtomobil yo‘lining 1-kilometrida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, 2009 yilda tug‘ilgan U.Y. «Chery» rusumli avtomashinada harakatni boshlashdan oldin yo‘lning chetida turgan 2023 yilda tug‘ilgan A.B.ni turtib yuborgan.
Jabrlangan bolaga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB mas’ul xodimlari tomonidan qonunchilikka muvofiq rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
Ayni paytda to‘plangan ish hujjatlarini jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudiga yuborish choralari ko‘rilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter