Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eron 2000 km masofaga ucha oladigan yangi dronni namoyish qildi

Eron 2000 km masofaga ucha oladigan yangi dronni namoyish qildi

Eron Tehron markazida yangi kamikadze-dron — Arash 3ni taqdim etdi. Ma’lum qilinishicha, uning uchish masofasi 2000 kilometrgacha yetadi, bu esa nazariy jihatdan Isroil hududigacha yetib borish imkonini beradi.

Dron «Eronga sadoqat» mitingida namoyish etilgan. Uning nomi fors mifologiyasidagi uzoq masofaga o‘q otish qobiliyati bilan mashhur Arash merganga ishora qiladi.

Texnik ma’lumotlarga ko‘ra:
– parvoz masofasi: 2000 km gacha
– tezligi: 600 km/soat atrofida
– jangovar qismi: taxminan 150 kg
– uzunligi: 3,5 metr

Qayd etilishicha, dron sun’iy yo‘ldosh navigatsiyasi va ichki trayektoriya tizimi orqali harakatlanadi, bu esa GPS bo‘lmagan holatda ham nishonga yetib borish imkonini beradi.

Namoyish AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik kuchaygan, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi atrofidagi vaziyat taranglashgan bir paytga to‘g‘ri keldi. Vashington «Ozodlik rejasi» orqali bo‘g‘ozni ochishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, Tehron har qanday aralashuvni sulhni buzish deb baholashini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring