Forishdagi ayanchli YTHda besh kishi vafot etdi
Jizzax viloyati Forish tumanida yuz bergan YTHda besh kishi vafot etdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, YTH 4-aprel kuni soat 16:05 larda «Jizzax-Bog‘don-Qizilcha» yo‘lida sodir bo‘lgan. Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida yashagan 27 yoshli U.B. Nexia mashinasini boshqarib borayotib, quvib o‘tish qoidasini buzgan. Oqibatda Nexia qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan, Forish tumanida yashagan 35 yoshli B.A. boshqaruvidagi Cobalt bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida har ikki mashina haydovchisi, shuningdek, Nexia mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan Xitoy davlatining 54 yoshli fuqarosi voqea joyida halok bo‘lgan.
Cobalt mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 2 kishi esa shifoxonada vafot etgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter