Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saida Mirziyoyeva tadbirkorlarga berilgan yangi imtiyozlar haqida gapirdi

Saida Mirziyoyeva tadbirkorlarga berilgan yangi imtiyozlar haqida gapirdi

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, so‘nggi kunlarda kichik biznes uchun sharoitlar yengillashtirilishi haqidagi yangiliklar ishbilarmon doiralar tomonidan iliq kutib olinmoqda.

«Bu masala anchadan buyon tadbirkorlar uchun og‘riqli bo‘lib kelayotgan edi. Hududlarga safarlar chog‘ida ular QQS to‘lashga o‘tish bo‘yicha 1 milliard so‘mlik chegara juda pastligi, soliq ma’muriyatchiligi murakkabligi, tekshiruv va hisobotlar esa haddan tashqari ko‘pligini ta’kidlab kelishardi. Natijada biznes xotirjam rivojlanish o‘rniga sun’iy ravishda bo‘linishga majbur bo‘layotgan edi.

Prezidentimiz imzolagan farmonga muvofiq, ushbu chegara 5 milliard so‘mgacha oshirildi. Buning samarasini, eng avvalo, oilaviy korxonalar, kafelar, do‘konlar, xizmat ko‘rsatuvchilar — bir so‘z bilan aytganda, o‘zining kundalik mehnati bilan mamlakatimiz iqtisodiyotini harakatga keltirayotgan minglab insonlar his qiladi», — dedi Saida Mirziyoyeva.

Hujjatda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir qator muhim chora-tadbirlar nazarda tutilgan. Ular bilan ushbu havola orqali batafsil tanishish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring