Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Suratlar yanada jonlanadi — ChatGPT Images ishga tushirildi

Suratlar yanada jonlanadi — ChatGPT Images ishga tushirildi

Foto: TestingCatalog

OpenAI kompaniyasi GPT-5.2 arxitekturasiga qurilgan ChatGPT Images modelini ishga tushirdi. Yangi model ilg‘or sun’iy intellekt texnologiyalari vositasida tasvirlarni generatsiya qilish uchun mo‘ljallangan.

ChatGPT Images matnli so‘rovlar asosida suratlar yaratish va ularni aniq tahrirlashga xizmat qiladi, bunda detallarning yo‘qolmasligi alohida e’tiborga olinadi. Ta’kidlanishicha, generatsiya tezligi avvalgi versiyalarga nisbatan to‘rt barobar oshirilgan. So‘rov bo‘yicha tasvirlar yanada hayotiy va kutilgandek chiqishi aytilmoqda.

Shu bilan birga, OpenAI aksariyat foydalanuvchilarga rasmlar bilan ishlash uchun yangilangan interfeysni taqdim etdi. Uning korporativ talqini keyinroq ochiladi.

Ma’lum qilinishicha, 16-dekabrdan ChatGPT Images barcha ChatGPT foydalanuvchilari uchun ochilgan.

OpenAI 2022-yilda DALL-E tasvirlar yaratuvchi neyron tizimini ishga tushirgandi. U foydalanuvchilarning matnli tavsiflari (promtlar) asosida suratlar yaratadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring