Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umra safari tadbirlari vaqtincha kechiktirildi

Umra safari tadbirlari vaqtincha kechiktirildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi umra safarlari vaqtincha kechiktirilganini ma’lum qildi

Yaqin Sharq mintaqasida yuzaga kelgan vaziyatning keskinlashuvi hamda havo makonidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlar sabab qator aviaqatnovlar bekor qilinmoqda. 

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga ushbu hududdagi davlatlarga safar uyushtirmaslikni, ayni paytda o‘sha yerlarda bo‘lib turgan vatandoshlarga esa ehtiyotkorlik choralarini kuchaytirishni tavsiya qilgan. 

Mazkur vaziyatni inobatga olgan holda, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda turoperatorlar tomonidan tashkil etilayotgan umra safarlari vaqtincha kechiktirilgani ma’lum qilindi. 

Jumladan, 2026-yil 2-mart kuni rejalashtirilgan Toshkent–Jidda yo‘nalishidagi navbatdagi umra ziyoratchilari reysi ham ma’lum muddatga qoldirilgan. 

Aviaqatnovlar qayta tiklanishi haqida rasmiy manbalar orqali qo‘shimcha axborot berilishi bildirilgan. 

 Yurtdoshlarimizdan ushbu holatni to‘g‘ri qabul qilishlari hamda rasmiy ma’lumotlarga tayanib ish yuritishlari so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring