Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulla Aripov Qirg‘iz Respublikasiga bordi

Abdulla Aripov Qirg‘iz Respublikasiga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg‘iz Respublikasiga bordi.

Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, oliy martabali mehmonni O‘sh xalqaro aeroportida Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarov kutib olgan.

Bugun O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari rahbarlari ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi. Abdulla Aripov, shuningdek O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradosh viloyatlari hokimlari kengashining 4-yig‘ilishida ishtirok etadi.

Bundan tashqari, Oqilbek Japarov va Abdulla Aripov Botken viloyati Laylak tumani Marg‘un qishlog‘ida O‘zbekiston tomonidan qurib berilgan o‘rta maktabning ochilish marosimida videoaloqa orqali qatnashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring