Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Rossiya, Eron, Pokiston bilan Afg‘oniston bo‘yicha razvedka ma’lumotlarini almashishga tayyor

AQSh Rossiya, Eron, Pokiston bilan Afg‘oniston bo‘yicha razvedka ma’lumotlarini almashishga tayyor

Foto: David B. Gleason / «Flickr.com»

«Pentagon Rossiya, Eron va Pokiston bilan Afg‘oniston bo‘yicha razvedka ma’lumotlarini almashishi mumkinligini istisno qilmayapti», — dedi Afg‘onistondagi NATO harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Jeyms Heker muxbirlarga bergan intervyusida. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

«Biz Rossiya, Eron va Pokiston bilan qandaydir umumiy pozitsiyaga egamizmi-yo‘qmi deb kuzatib turibmiz. Ular juda ko‘plab narkotiklar Afg‘onistondan ushbu mamlakatlarga kirib borayotganini tushunib turishibdi. Eron Afg‘onistondan keluvchi suvga muhtoj. Shunday ekan, biz ko‘rib chiqishimiz mumkin bo‘lgan umumiy nuqtalar bor. Prezident Donald Tramp ta’kidlaganidek, biz mintaqaviy davlatlar terrorchilarga yordam bermasligi uchun bosim o‘tkazmoqdamiz va buni davom ettiramiz. Agar ular bizga yordam berishni istasa, ular bilan ishlashimiz va terroristik tarmoqlardan qutulish uchun razvedka ma’lumotlarini almashamiz», — dedi Heker.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring