Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Checheniston parlamenti spikeri: «Donald Trampni to‘xtatinglar!»

Checheniston parlamenti spikeri: «Donald Trampni to‘xtatinglar!»

Foto: AP / Andrew Harnik

Checheniston parlamenti deputatlari xalqaro hamjamiyatga, xalqaro tashkilotlarga, BMTga va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga dunyoda tinchlikka tahdid soluvchi AQSh prezidenti Donald Trumpning faoliyatiga to‘sqinlik qilish haqida murojaat qilib, respublika qonunchilik majlisi raisi Magomed Daudov «Myilistori» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Juma kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirov AQSh hukumatini dunyoda urushlarni olib boruvchi sifatida ko‘rishini hamda Rossiyaning AQSh davlat departamenti tomonidan sayohat qilish uchun xavfli mamlakatlar ro‘yxatiga kiritishiga javoban AQShga sayohat qilishni xavfli deya e’lon qildi.

«Donald Trampni to‘xtatinglar! Agarda bu shoumen AQSh tepasida tursa, dunyo urush botqog‘iga botib qolishi mumkin», deya yozadi spiker.

U Qo‘shma Shtatlar boshchiligidagi koalitsiya qo‘shinlari nazorat qilayotgan hududlardan IShID terrorchi guruhining hujumlari davom etayotganini ta’kidlagan.

«Ularni kim moliyalashtirayotgani va ularning boshida kim turgani hech kimga sir emas», deya eslatib o‘tdi spiker. Shuningdek u bu borada Suriyadagi terrorchilarga qarshi kurashda Suriya hukumatiga bebaho yordam ko‘rsatgan Rossiyaning rolini alohida ta’kidladi.

Spiker, shuningdek Liviya, Iroq, Afg‘oniston, Yaman va Ukrainadagi muammolarga sabab bo‘lgan «Qo‘shma Shtatlar demokratiyasi eksporti»ni ham esga oldi. «Bu mamlakatlarning barchasi ijtimoiy-iqtisodiy tartibsizlikni boshidan kechirmoqda», deb yozadi Daudov.

Uning fikriga ko‘ra, Trampning ruhiy salomatligi «katta tashvish» keltiradi. U jahon hamjamiyatidan «bu odamni davolash uchun choralar ko‘rishni» so‘ramoqda.

2014 yilda AQSh Rossiya Qahramoni unvoni sohibi, o‘sha paytdagi Checheniston rahbari administratsiyasi va hukumat boshlig‘i bo‘lib turgan Daudovni «Magnistkiy ro‘yxati»ga kiritgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring