NATO sammitiga tayyorgarlik: alyans qanday bosqichga o‘tmoqda? (video)
Bugun butun dunyo diqqati NATO atrofida kechayotgan jarayonlarga qaratilgan. Rossiya-Ukraina urushi, Yaqin Sharqdagi ziddiyatlar, Xitoyning ta’siri ortishi va AQShning Yevropa xavfsizligi bo‘yicha yangi talablari NATOni tarixdagi eng muhim qarorlardan birini qabul qilishga undamoqda.
Ayniqsa, Yevropa davlatlaridan mudofaa xarajatlarini keskin oshirish talab qilinmoqda. Shu bilan birga, Ukraina masalasi, qurol ishlab chiqarish va alyansning kelajakdagi vazifalari ham kun tartibida turibdi. Xo‘sh, bu sammit oddiy yig‘ilishmi yoki yangi xavfsizlik tizimining boshlanishimi?
Siyosatshunos, ekspert Sayfiddin Jo‘rayev bilan suhbatimiz mana shu mavzu atrofida bo‘ldi.
Shuningdek, ekspertdan quyidagi savollarga ham javob oldik:
- Oxirgi yillarda NATO haqida eng ko‘p gapirilayotgan masala – mudofaa xarajatlarini oshirish bo‘ldi. Nima uchun aynan hozir Yevropa davlatlaridan harbiy xarajatlarni bir necha barobar oshirish talab qilinmoqda?
- NATO rahbariyati Rossiyani uzoq muddatli asosiy xavf sifatida baholashda davom etyapti. Bu qarash yaqin yillarda Yevropa xavfsizlik siyosatiga qanday ta’sir qiladi?
- Sammitda Ukrainaga yordam masalasi yana asosiy mavzulardan biri bo‘lishi kutilmoqda. NATO Ukrainaga yordamni yanada kuchaytirsa, sizningcha jarayon qanday tus olishi mumkin?
- Bir savol o‘ylantiryapti, dunyoda yangi qurollanish poygasi boshlanyaptimi? Bunday vaziyat global iqtisodiyotga qanday ta’sir qiladi?
- Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O‘zbekiston uchun bu sammitdan chiqadigan eng muhim xulosa nima bo‘lishi kerak?
- So‘nggi yillarda NATO kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va dronlarga ham katta e’tibor qarata boshladi. Kelajakda urushlar tank va samolyotlardan ko‘ra texnologiyalar orqali hal bo‘ladi, degan fikr bo‘lishi mumkinmi?
Demak, bugungi NATO sammiti faqat harbiy masalalar haqida emas. Bu dunyo xavfsizligi, iqtisodiyot, texnologiya va yangi geosiyosiy muvozanat haqidagi katta qarorlar qabul qilinayotgan maydonga aylanmoqda. Bu qarorlarning ta’siri Yevropa bilangina cheklanmaydi, balki butun xalqaro munosabatlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter