Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston delegatsiyasi Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida qatnashdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida qatnashdi

Eron poytaxti Tehron shahrida marhum prezident Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Eronning marhum prezidenti Ibrohim Raisiy, tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon va boshqa yuqori martabali mulozimlarning vidolashuv marosimida ishtirok etdi.

Eslatib o‘tamiz, bortida yuqori martabali shaxslar bo‘lgan vertolyot yakshanba kuni Eron shimoli-g‘arbidagi tog‘li hududda, Ozarbayjon va Turkiya chegarasiga yaqin joyda qulagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring