Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston prezidenti Transafg‘on temir yo‘l yo‘lagi loyihasini jadallashtirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston prezidenti Transafg‘on temir yo‘l yo‘lagi loyihasini jadallashtirish muhimligini qayd etdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev-23 fevral kuni ikki tomonlama Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Pokiston Islom Respublikasi moliya vaziri, komissiyaning Pokiston qismi raisi Is’hoq Dorni qabul qildi.

O‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish, eng avvalo, savdo, investitsiya va transport sohalaridagi loyihalarni amalga oshirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Is’hoq Dor uchrashuv imkoniyati uchun O‘zbekiston yetakchisiga minnatdorlik bildirib, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharifning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda tranzit va preferensial savdo to‘g‘risida imzolangan muhim bitimlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, hukumatlararo muzokaralar kun tartibi doirasida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida aniq kooperatsiya loyihalarini ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari ikki tomonlama avtomobil qatnovlarini rivojlantirish hamda Markaziy va Janubiy Osiyoni Afg‘oniston orqali bog‘laydigan va Pokiston portlariga olib chiqadigan temir yo‘l qurilishi loyihasini jadallashtirish zarurligiga alohida to‘xtaldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring