Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Britaniya o‘rtasida Keng qamrovli sherikchilik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi

O‘zbekiston va Britaniya o‘rtasida Keng qamrovli sherikchilik to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun, 23-aprel kuni O‘zbekistonga tashrif bilan kelgan Buyuk Britaniya tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Devid Kemeron bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki davlat aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan asosiy vazifalar, shuningdek, iqtisodiy munosabatlarni jadallashtirishga doir masalalar ko‘rib chiqilgan.

«Buyuk Britaniyaning Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Devid Kemeron janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz. Suhbatimiz samarali va mazmunli bo‘lib, barcha sohalar bo‘yicha O‘zbekiston-Buyuk Britaniya aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan asosiy vazifalarni belgilash imkonini berdi. Iqtisodiy munosabatlarni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratdik. Britaniya tomonining ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni va ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini qadrlaymiz.

Shuningdek, Keng qamrovli sherikchilik to‘g‘risidagi deklaratsiya hamda Mintaqaviy va xalqaro bog‘liqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzoladik, – deydi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram kanalida.

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniya tashqi siyosat idorasi rahbarining avvalgi tashrifi 1996-yil yanvar oyida bo‘lib o‘tgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring