Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda prezidentlik sayloviga rasman start berildi

O‘zbekistonda prezidentlik sayloviga rasman start berildi

2021-yil 24-oktyabr kuni O‘zbekistonda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi.

Bugun saylovga rasman start berildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot markazida saylovga start berish anjumanida ma’lum qilingan. 

Saylovda 5 ta partiya o‘z nomzodlari bilan qatnashadi. Prezidentlik saylovi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga kiritilgan o‘zgarishlar sababli dekabrida emas, oktyabr oyida o‘tkazilishi belgilangan edi.

Eslatib o‘tamiz, hozircha hech qaysi partiya o‘z nomzodini ochiqlaganicha yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring