Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yilning may oyida Ozarbayjonga borishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yilning may oyida Ozarbayjonga borishi mumkin

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yil bahor faslida Ozarbayjonga rasmiy tashrif bilan borishi mumkin. Bu haqda «xs.uz» saytida xabar berilgan.

Nashrning aytishicha, Ozarbayjonning mamlakatimizda favqulodda va muxtor elchisi Guseyn Guliyev kecha poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Ozarbayjon biznes-forumi chog‘ida shu haqda aytigan.

«Prezidentlar bir-birini yaxshi taniydi, ular bir qator xalqaro maydonlarda uchrashishgan. Aniq sanani hozir aytish qiyin, lekin bu shu yilning bahori, ehtimoli bilan may oyi oxirida bo‘ladi», - dedi elchi.

Diplomatning ta’kidlashicha, tashrif davomida keng doiradagi yo‘nalishlar, xususan, neft-gaz, qishloq xo‘jaligi sohasi, qurilish materiallari industriyasi, oziq-ovqat sanoati bo‘yicha hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqiladi.

O‘z navbatida, tomonlar transport-logistika aloqalarini yanada rivojlantirish, jumladan, Baku — Tbilisi — Kars yangi koridorini yaratish masalasini ko‘rib chiqadi.

«Ayni paytda ikkitomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun hech qanday to‘siq yo‘q. Mamlakatlar o‘rtasida yuqori darajadagi siyosiy muloqot kuzatilayapti. Bizda hech qanday muammo yo‘q, o‘ylashimcha, aloqalar kelgusidagi tashrifda yanada mustahkamlanadi», — deydi G. Guliyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring