Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ramzan Qodirov: «Shavkat Mirziyoyev meni hayron qoldirdi»

Ramzan Qodirov: «Shavkat Mirziyoyev meni hayron qoldirdi»

Ramazon hayiti arafasida O‘zbekiston delegatsiyasi Chechenistonga borgan va chechen yetakchisi Ramzan Qodirovga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan tabrik hamda maxsus sovg‘a topshirgan.

Qodirov Telegram kanalida yozishicha, u O‘zbekiston rahbari nomidan «Poyi Kalon ansambli» 3D-suratni esdalik sovg‘asi qabul qilib olgan. Poyi Kalon — Buxorodagi me’morlik jamlanmasi bo‘lib, uning tarkibiga Kalon minorasi, Kalon masjidi va Mir Arab madrasasi kiradi.

«Sovg‘aga qarab, uni qayerga qo‘yishni o‘ylayapman. Prezident qanday hayron qoldirishni biladi», deb yozgan u.

Surat 115x70 sm. hajmda bo‘lib, 3,4 kg. kumushdan tayyorlangan, maydon va gumbaz oltin bilan qoplangan, hoshiyasi esa tilladan qoplangan.

«Shubhasiz, Shavkat Miromonovich, o‘z davlati va xalqi uchun ko‘p ishlar qilyapti, dunyo bo‘yicha O‘zbekiston pozitsiyasini mustahkamlab, do‘stona aloqalarni kuchaytiryapti. O‘zbekiston xalqining shunday oliyjanob prezidenti borligi ularning baxti, deb bilaman», deb yozgan Ramzan Qodirov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring