Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifini yakunladi

Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifini yakunladi

Foto: «President.uz»

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kogon tumanidagi chiqindini qayta ishlash korxonasini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

To‘rt yuzdan ziyod ishchi mehnat qilayotgan korxona bugungi kunda Buxoro va Kogon shaharlari, Buxoro, Kogon tumanlaridagi maishiy chiqindilarni tashib keltirmoqda. Keyinchalik korxona faoliyatini kengaytirib, viloyatning barcha hududlarida paydo bo‘ladigan chiqindilarni yig‘ib keltirishni rejalashtirgan.

Prezident klasterning mazkur rejalarini ma’qulladi.

— Shu paytgacha bu masala bilan hech kim shug‘ullanmagan edi, — dedi Shavkat Mirziyoyev. — Chiqindi qayta ishlansa, tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi, ko‘plab ish o‘rinlari yaratiladi. Eng muhimi, ekologiyamiz toza bo‘ladi, keyinchalik suv va havo orqali aholi salomatligiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararning oldi olinadi.

Korxona atrofidan ishchilar uchun uy-joy, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, yopiq suzish havzasi, shifoxona, sport maydonchasi, avtoturargoh, ularning farzandlari uchun maktab hamda maktabgacha ta’lim muassasasi qurishni mo‘ljallamoqda.

Davlat rahbari korxona tashabbuskorlari va jamoasiga minnatdorlik bildirdi. Chiqindi yig‘ish qamrovi va qayta ishlash quvvatini yanada kengaytirish, shunday korxonalarni boshqa joylarda ham tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shuning bilan Prezident Shavkat Mirziyovning Buxoro viloyatiga tashrifi nihoyasiga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring