Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bahodir Jalolovga yangi raqib topildi

Bahodir Jalolovga yangi raqib topildi

Bahodir Jalolov 14 aprel kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi.

Toshkentdagi «Humo Arena»da bo‘lib o‘tadigan boks kechasida Bahodirga xorvatiyalik Smakichi Agron raqiblik qiladi.

Xorvatiyalik bokschi professional faoliyati davomida 22 ta jang o‘tkazib, 20 bor g‘alaba qozongan, ikkitasida mag‘lub bo‘lgan.

Professional boksda barcha raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etib kelayotgan Bahodir so‘nggi jangini ham «Humo Arena»da o‘tkazgan va Kris Tompsonni 1-raunddayoq nokautga uchratgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 14 aprel kuni tashkil etiladigan «IBA Chempionlar oqshomi»ning markaziy jangida Hasanboy Do‘smatov hamda ispaniyalik Samuel Karmona IBA chempionlik kamari uchun bahs olib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring