Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Borussiya»da bosh murabbiy almashdi

«Borussiya»da bosh murabbiy almashdi

Edin Terzich.

Foto: «Pleymeyker»

Germaniya Bundesligasining bu yilgi kumush medali sovrindori — Dortmundning «Borussiya» klubida bosh murabbiy almashdi: Marko Roze o‘rniga Edin Terzich keldi.

Dortmundliklar 39 yoshli Edin Terzich bilan 2025-yil yozigacha shartnoma imzolashdi. Terzich «Borussiya»ga begona emas — 2018-yildan bosh murabbiy Lyusen Favrga yordamlashib kelgan, 2020-yil qishida, shveysariyalik ketganidan so‘ng jamoani boshqargan. Uning boshchiligida klub Germaniya kubogini egallagan.

Joriy mavsum arafasida Terzich «Borussiya» texnik direktori lavozimiga tayinlangandi. Endi u bosh murabbiy, Ervin Holandsiz («Manchester Siti»ga o‘tgan) jamoani qurishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring