Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dani Alves qamoqdan chiqqach bayonot berdi

Dani Alves qamoqdan chiqqach bayonot berdi

Braziliya terma jamoasi va Kataloniyaning «Barselona» jamoasi sobiq himoyachisi Dani Alves qamoqdan chiqqanidan keyin hamma narsaga moslashayotganini aytdi, deb xabar beradi  El Periodico.

 «Qamoqxonadagi hayotmi? Qayerda bo‘lmasin, men omon qolaman. Men hamma narsaga moslashaman, chunki odamni joy emas, odam yashayotgan joyini o‘zgartira oladi. Hozir o‘zimni yaxshi va xotirjam his qilyapman», - deydi Alves.

25-mart kuni Alves qamoqdan ozod qilindi. U garov puli to‘lashdan tashqari, himoyachisi orqali o‘zining ikkita pasportini, Braziliya va Ispaniya hujjatini topshirdi. Futbolchi mamlakatni tark eta olmaydi. U haftada bir marta sudga murojaat qilishi kerak.

Alves oxirgi 14 oy davomida qamoqda edi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning 22-fevralida Braziliya terma jamoasi va «Barselona»ning sobiq himoyachisi Dani Alves zo‘rlashda ayblanib, 4,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring