Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Denis Istomin Avstriyadagi musobaqa finalida mag‘lub bo‘ldi

Denis Istomin Avstriyadagi musobaqa finalida mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Avstriyaning Kitsbyuel shahridagi ATP-250 musobaqasida finalgacha yetib bordi.

«Olamsport» nashrida yozilishicha, bugun tennischimiz turnir finalida slovakiyalik Martin Klijanga qarshi o‘yin o‘tkazdi va 1 soatu 9 daqiqa davom etgan o‘yinda 2:6, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Qayd etib o‘tish lozimki, Istomin ushbu musobaqa orqali 47 105 yevro mukofot puli hamda 156 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Istomin faoliyati davomida tuproqli kortdagi musobaqalarda ilk marotaba finalgacha yetib kela oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring