Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YChL. «Real» «Siti»ni turnirdan chiqarib yubordi. Keyingi raqib — «Bavariya»!

YChL. «Real» «Siti»ni turnirdan chiqarib yubordi. Keyingi raqib — «Bavariya»!

Yevropa Chempionlar Ligasida chorakfinal bahsida muxlislar yana bir dramatik uchrashuv guvohi bo‘lishdi.

Dastlabki qarama-qarshilikda jangovor durang qayd etilgan «Real» va «Manchester Siti»ning javob bellashuvida ham asosiy va qo‘shimcha taymlarda g‘olib aniqlanmadi.

Penaltilar seriyasida Luninning 2 ta seyvi «qirollik klubi»ni yarimfinalga olib chiqdi. E’tiborlisi, ukrainalik posbon o‘yin davomida ham 10 ta seyv amalga oshirdi.

Manchester Siti — Real 1:1

Penaltilar seriyasi — 3:4.

Gollar: De Bryuyne (76) — Rodrigo (12).

Manchester Siti – Ederson, Uoker, Diash, Akanji (Stounz, 112), Gvardiol, Foden, Grilish (Doku, 72), de Bryuyne (Kovachich, 112), Silva, Rodri, Holand (Alvares, 90).

Real – Lunin, Karvaxal (Militao, 110), Nacho, Ryudiger, Mendi, Kroos (Modrich, 79), Valverde, Kamavinga, Bellinghem, Vinisius (Vaskes, 102), Rodrigo (Dias, 84).

Ogohlantirishlar: Karvaxal (38), Grilish (59), Gvardiol (61), Rodri (90), Mendi (90+4).

Birinchi o‘yin — 3:3.

«Bavariya» o‘z maydonida «Arsenal»ni mag‘lub etib, yarim finalda «Real» bilan bahs olib boradigan bo‘ldi.

Bavariya — Arsenal 1:0

Gol: Kimmix (63).

Bavariya – Noyer, Dayer, de Ligt, Mazraui (Kim Min Chje, 76), Gerreyru, Goretska, Laymer, Kimmix, Sane (Upamekano, 89), Musiala, Keyn.

Arsenal – Rayya, Uayt, Gabriel, Saliba, Tomiyasu (Nketia, 86), Jorjinio (Jezus, 68), Edegor, Rays, Haverts, Martinelli (Trossar, 68), Saka.

Ogohlantirishlar: Laymer (54), Uayt (84), Kimmix (90+2), Jezus (90+3).

Birinchi o‘yin — 2:2.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring