Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Harri Keyn Bundesliga rekordini o‘rnatdi

Harri Keyn Bundesliga rekordini o‘rnatdi

Foto: Sport5.by

Myunxenning «Bavariya» klubi futbolchisi Harri Keyn birinchi mavsumda urilgan gollar bo‘yicha Bundesliga rekordini o‘rnatdi.

31 yoshli ingliz Germaniya chempionatining 26-turida mehmonda «Darmshtadt 98»ga qarshi bahsda ushbu natijaga erishdi. O‘yin 2:5 hisobida myunxenliklar foydasiga hal bo‘ldi.

28-daqiqada mezbonlar o‘yinchisi Tim Skarke hisobni ochdi. So‘ngra Harri Keynning uzatmasini golga aylantirgan Jamal Musiala (36-daqiqa) muvozanatni tikladi. Tanaffusga qadar Keynning o‘zi bittta golni rasmiylashtirdi. Ikkinchi taymda myunxenliklarga g‘alaba keltirgan gollarga Jamal Musiala (64), Serj Gnabri (74) va Matis Tel (90+3) mualliflik qilishdi. O‘yindagi so‘nggi golni mezbon futbolchi Oskar Vilhelmsson (90+5) o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Keyn Germaniya chempionatida debyut mavsumidayoq 31 ta gol urgan ilk futbolchiga aylandi. Qolaversa, bir chempionat mavsumida eng ko‘p gol urib, shaxsiy rekordini yangilab oldi. Bungacha Angliya chempionatida ikkita mavsumda 30 tadan gol ura olgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring