Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil haqida post qo‘ygan futbolchiga jazo berildi

Isroil haqida post qo‘ygan futbolchiga jazo berildi

Fransiyaning «Nitssa» klubi himoyachisi Yusuf Atal ijtimoiy tarmoqlarda Isroilga qarshi post qo‘ygani sababli sakkiz oylik shartli qamoq va 45 ming yevro miqdorida jarimaga hukm qilindi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar bermoqda.

Atal etnik adovat qo‘zg‘atishda ayblanmoqda.

Ushbu  jazoirlik futbolchi Fransiya chempionatining joriy mavsumida oltita o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu futbolchi Falastinni qo‘llab-quvvatlab post yozgani sababli mashg‘ulotlardan chetlatilgan va uzr so‘rab chiqqandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring