Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Isroil Madrimov boks yulduziga qarshi jang qiladi

Isroil Madrimov boks yulduziga qarshi jang qiladi

O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov (10-0-1, 7 KO) navbatdagi jangini vazn toifasidan qat’i nazar eng kuchli bokschilardan biri, uzoq faoliyati davomida mag‘lubiyat nimaligini bilmagan Terens Krouford (40-0, 31 KO)ga qarshi ringga ko‘tariladi.

Jang 3 avgust kuni AQShning Los-Anjeles shahrida tashkil etiladi. Bu haqda AQShda o‘tkazilgan matbuot anjumanida rasman e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov ayni paytda birinchi o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi hisoblanadi.

Terens Krouford esa hozirgi kunda yarimo‘rta vazn toifasida WBC va WBA kamarlari egasi.

Bahs ayni paytda Isroilda bo‘lib turgan WBA kamari, shuningdek WBOning vaqtinchalik kamari uchun o‘tkaziladi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring