Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

London — Parij: Ikardi qay birini tanlaydi?

London — Parij: Ikardi qay birini tanlaydi?

Foto: «ProstoProSport»

Londonning «Chelsi» klubi argentinalik hujumchi Mauro Ikardini qo‘lga kiritish harakatida.

Ikardining transfer huquqi Italiyaning «Inter»iga tegishli. Uni 2019-2020-yillar mavsumida Fransiya chempioni «Pari Sen-Jermen» ijaraga olgandi.

O‘z navbatida, parijliklar ham argentinalikni olib qolishga urinishmoqda, biroq milanliklar bilan muzokaralardan hozircha natija chiqqan emas. Ikardiga qo‘yilgan 70 million yevrolik narx fransuzlarga qimmat tuyulyapti.

Ikardi uchun kurashga londonliklar ham qo‘shilmoqda, britan matbuotiga ko‘ra, «Chelsi» Mauro uchun 60 million yevro taklif qilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring