Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Manchester Siti»da Husanovga yana bir raqib paydo bo‘lishi mumkin

«Manchester Siti»da Husanovga yana bir raqib paydo bo‘lishi mumkin

Mark Gexi

«Manchester Siti» APLdagi eng qimmat himoyachilardan biri — «Kristal Pelas» markaziy himoyachisi Mark Gexini sotib olish uchun kurashga kirishdi, deb xabar berdi BBC.

«Shaharliklar» himoya chizig‘ida jiddiy muammolar paydo bo‘lgan. So‘nggi turda «Chelsi»ga qarshi o‘yinda (1:1) jamoaning asosiy markaziy himoyachilari — Yoshko Gvardiol va Ruben Diash jarohat oldi (Abduqodir Husanov 51-daqiqada Gvardiolning o‘rniga maydonga tushirildi). Bundan tashqari, yana bir himoyachi Jon Stounz ham anchadan buyon jarohati sabab safdan chiqqan.

Xabarga ko‘ra, «Siti» rahbariyati hozircha shoshilinch qaror qabul qilmoqchi emas va Gvardiol hamda Diashning sog‘ligi bo‘yicha tibbiy xulosalarni kutmoqchi. So‘ngra Gexi transferi bo‘yicha aniq qadamlar tashlanishi mumkin. Hozircha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Gvardiolning jarohati jiddiy: boldir suyagi singan. Qancha muddatga safdan chiqqani noma’lum.

Mark Gexining «Kristal Pelas» bilan shartnomasi 2026-yil yozigacha tuzilgan. Futbolchi klub bilan bitimni uzaytirmasa, jamoani erkin agent sifatida tark etadi. Shu bois «Bavariya», «Real», «Barselona», «Inter», «Atletiko» va «Liverpul»kabi grandlar ham vaziyatni jiddiy kuzatmoqda. London jamoasi mavsum so‘ngida Gexidan tekinga ajralib qolmaslik uchun yanvardayoq uni sotib yuborishi ham ehtimoldan xoli emas.

Mark Gexi 25 yoshda, joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 gol va 4 ta golli uzatmaga muallif bo‘ldi. Transfermarkt futbolchini 55 million yevroga baholamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring