Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Messiga taklif tushdi, biroq...

Messiga taklif tushdi, biroq...

Argentina olimpiya terma jamoasi (U-23) bosh murabbiyi Xaviyer Maskerano 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish uchun hujumchi Lionel Messini o‘z jamoasiga taklif qilmoqchi ekanligini aytdi.

Bu haqda Argentina olimpiya terma jamoasi ustozi bir kun avval Parijdagi Olimpiada o‘yinlariga saralash turnirida Braziliya termasini mag‘lub etganidan so‘ng (1:0) ma’lum qildi, deb xabar beradi ESPN.

«Messi bilan do‘st ekanimni barchangiz bilasiz. Bunday futbolchi bizga Olimpiya o‘yinlarida yordam berishi mumkin. Yakuniy qaror unga va uning klubdagi rejalariga bog‘liq bo‘ladi», dedi  Maskerano

Olimpiya o‘yinlari reglamentiga ko‘ra, futbol musobaqasida yoshi 23 dan katta bo‘lmagan sportchilar ishtirok etishlari mumkin. Biroq har bir jamoa yosh cheklovlarisiz uch nafar futbolchini arizaga kiritish huquqiga ega. Ushbu qoidaga ko‘ra, Lionel Parijga borishi mumkin.

Biroq Messining Parij o‘yinlaridagi ishtiroki so‘roq ostida, chunki u 20 iyundan 14 iyulga qadar Argentina terma jamoasi tarkibida AQShda bo‘lib o‘tadigan 2024 yilgi Amerika kubogida ishtirok etadi.

Qolaversa, bir vaqtning o‘zida MLS muntazam chempionati ham bo‘lib o‘tadi va «Inter Mayami» forvardi o‘z klubining bir nechta o‘yinlarini o‘tkazib yuborishga majbur.

Eslatib o‘tamiz, mashhur argentinalik o‘z faoliyatida 2008 yilgi Pekin yozgi olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan. O‘shanda tarkibda Maskerano ham bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring