Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhammad Alining nevarasi raqibini birinchi raundda nokautga uchratdi

Muhammad Alining nevarasi raqibini birinchi raundda nokautga uchratdi

Niko Ali Uolsh.

Foto: «Sportbox»

Shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi amerikalik bokschilar Niko Ali Uolsh va Alexandro Ibarra ringga chiqishdi. Birinchi raundayoq raqibini nokautga uchratgan Muhammad Alining nevarasi zafar qozondi.

Raund tugashiga sanoqli soniyalar qolganida Ali Uolsh o‘ng qo‘li bilan Ibarraning bosh qismiga kuchli zarba berib ringga qulatdi. Raqib zarbadan o‘ziga kelolmaganidan so‘ng hakam o‘yinni to‘xtatdi.

Ali Uolsh hali mag‘lubiyatga uchramagan. Jami besh jang o‘tkazib, to‘rttasida nokaut hisobiga raqiblaridan ustun keldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring