Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Napoli» chempionligini nishonlash paytida 26 yoshli muxlis halok bo‘ldi

«Napoli» chempionligini nishonlash paytida 26 yoshli muxlis halok bo‘ldi

«Napoli» futbol klubi Italiya chempionligini nishonlash vaqtida Neapol ko‘chalarida otishma yuz berdi, hodisa natijasida bir kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi La Repubblica.

Xabarlarga ko‘ra, otishma o‘n minglab muxlislar ishtirok etgan katta tantana o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. 26 yoshli muxlis yaralangan va kasalxonasiga yetkazilgach, vafot etgan.

Marhumning yaqinlari yigitning o‘limidan xabar topib, klinika bo‘limiga hujum qilib, unga jiddiy zarar yetkazgan. Hozirda ushbu ish bilan huquq-tartibot idoralari shug‘ullanishmoqda.

Ushbu chempionlik «Napoli» tarixidagi uchinchi chempionlik unvoni bo‘ldi. Neapolliklar oxirgi marta Maradona davrida, 1989/90 yilgi mavsumda chempion bo‘lishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring