Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nursulton Ro‘ziboyev TOP darajadagi jangchi bilan bellashadi

Nursulton Ro‘ziboyev TOP darajadagi jangchi bilan bellashadi

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi.

Hamyurtimiz 11 maydan 12 mayga o‘tar kechasi AQShning Sent Luis shahrida tashkil etiladigan UFC Fight Night turniri doirasida oktagonga ko‘tariladi.

Ro‘ziboyevga o‘sha kuni yarim o‘rta vazn toifasi reytingida 11-o‘rinni egallab turgan amerikalik Xoakin Bakli (18-6-0) raqiblik qiladi. Bu haqda UFC rahbari Dana Uayt ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Ro‘ziboyev o‘zining so‘nggi jangida Sedrik Dyumani birinchi raundda nokaut orqali taslim etgan edi. Xoakin Bakli esa Ro‘ziboyevning jamoadoshi Visente Lyukeni ikkinchi raundda nokautga uchratgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring