Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OChL. «Nasaf» g‘alaba qozondi va guruhda uchinchi bo‘ldi (video)

OChL. «Nasaf» g‘alaba qozondi va guruhda uchinchi bo‘ldi (video)

Foto: «fcnasaf.uz»

Qarshining «Nasaf» jamoasi Osiyo chempionlar ligasining oxirgi turida BAAda «Al-Vasl»ga qarshi to‘p surdi.

Avvaliga mezbonlar hisobni ochdi, ammo «Nasaf» ikkita gol urib, g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi. Javob gollarini Sharof Muhitdinov va Bobur Abduxoliqov kiritdi.

«Nasaf» shu tariqa OChLdagi ishtirokini guruhda 10 ochko to‘plagan holda uchinchi o‘rinda yakunladi va musobaqani tark etdi.

Ushbu guruhda «Persepolis» birinchi, «As-Saad» esa ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, pley-offga yo‘l oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring