Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OChL. «Navbahor»da chiroyli kambek, OKMK va «Nasaf»da esa...

OChL. «Navbahor»da chiroyli kambek, OKMK va «Nasaf»da esa...

OChL guruh bosqichining 3-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

Namanganning «Navbahor» klubi Eronning «Nassaji» jamoasiga qarshi bahs olib borib, so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi. Uchrashuvda birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborgan namanganliklar Oston O‘runovning chiroyli harakatlari  evaziga irodali tarzda g‘alaba qozondi (2:1) va o‘z hisobiga 3 ochkoni yozib qo‘ydi.

Olmaliqning OKMK jamoasi Eronning «Sepaxon» jamoasiga o‘z maydonida 3:1 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Qarshining «Nasaf» jamoasi ham bu turda omadsizlikka uchradi. BAAning «Sharja» jamoasi qarshiliklarni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi

Toshkentning «Paxtakor» jamoasi OChL guruh bosqichi 3-turida bugun Turkmanistonning «Ahal» jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring