Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Oltin to‘p» Messiga topshiriladi — «RTP Deportivo»

«Oltin to‘p» Messiga topshiriladi — «RTP Deportivo»

Foto: «Vesti»

«Pari Sen-Jermen» (Fransiya) va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi — yilning eng yaxshi futbolchisi. Unga «Oltin to‘p» olishi haqida oldindan ma’lum qilishgan». Bu haqda «RTP Deportivo» portali xabar tarqatdi: Messi «France Football»ga an’anaviy intervyu bergan.

Biroq sovrinni topshiruvchi fransuz nashri xabarni inkor etdi.

Joriy mavsumda Lionel Messi Argentina terma jamoasi bilan birga Amerika kubogini yutgan. Bundan tashqari, o‘tgan mavsum Ispaniya chempionatida 30 ta gol urib eng yaxshi to‘purar bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p» mukofoti sohibi 29-noyabr kuni Parijda e’lon qilinadi.

Messi mukofotga har qachongidan «yaqin», shunday emasmi?!.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring