Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini umumjamoa hisobida 5-o‘rinda yakunladi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini umumjamoa hisobida 5-o‘rinda yakunladi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 22 ta oltin bilan umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egallab yakunladi.

Unda O‘zbekiston delegatsiyasi 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi (jami 71 ta).

Bu tarixdagi eng yaxshi natija bo‘lib, bundan avvalgisi 2018 yil Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida qayd etilgan edi. Unda O‘zbekiston delegatsiyasi 20 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza, jami 69 ta medalga sazovor bo‘lgan.

O‘zbekiston umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindiston Osiyo o‘yinlarining yetakchilari bo‘ldi.

Qo‘shni mamlakatlardan Qozog‘iston 11, Qirg‘iziston 18, Tojikiston 24 va Turkmaniston 29-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, yakunlanib borayotgan qit’a o‘yinlarida 45 davlatning 12 mingdan ziyod sportchilari ishtirok etdi. Bugun o‘yinlarning yopilish marosimlari tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring