Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda 2021 yildan yangi tizim joriy etiladi

O‘zbekistonda 2021 yildan yangi tizim joriy etiladi

Aholining barcha qatlamlari o‘rtasida 2021 yildan boshlab har yili «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» sport sinovlarini o‘tkazish tizimi joriy etilishi kutilmoqda. Prezidentning bu boradagi tegishli farmoni loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, hududlardagi Jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari huzurida yuridik shaxs maqomisiz «Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish» markazlari tashkil etiladi.

Shuningdek, «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» maxsus sport sinovlarining g‘olib va sovrindorlarini I, II va III darajali ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanishi hamda ishtirokchilarning egallagan o‘rni va darajasiga qarab tegishli sport razryadlari va unvonlari berilishi, moddiy rag‘batlantirilishi ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, 27 yoshga to‘lmagan g‘oliblar, harbiy xizmatga safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat to‘lovlari (50 %) hamda muddatli harbiy xizmatga yuborilishida alohida imtiyozga ega bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, mazkur sport sinovlari 12 ta yosh toifasidagi guruhga bo‘lingan holda o‘tkaziladi. Farmon loyihasi muhokamasi joriy yilning 1 mayiga qadar davom etadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring