Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar umumjamoa hisobida qit’ada birinchi bo‘lishdi

O‘zbekistonlik eshkak eshuvchilar umumjamoa hisobida  qit’ada birinchi bo‘lishdi

Joriy yilning 26-30-aprel kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha U18, U23 yosh toifalari hamda parakanoe yo‘nalishida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi.

Musobaqaning so‘nggi kunida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Oltin medal:
S1 200 metr: Vladlen Denisov (U23)

Kumush medal:
K1 200 metr: Madinabonu Islamova (U 23)
K2 200 metr: Kamila Malaxova, Dilshoda Abdurahmonova (U 23)

Bronza medal:
K2 200 metr: Boburjon Ermetov, Sarvarbek Aliboyev (U 18)
S2 200 metr: Tursunoy Umaraliyeva, Farangiz Ortiqboyeva (U 18)
S2 200 metr: Asadbek Qurbonov, Kamron Shakarov (U 18)

Qit’aning 11 mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar o‘rtasidagi bellashuvda O‘zbekiston terma jamoasi U 18 va U 23 yosh toifalarida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Sportchilar mazkur yo‘nalishda 26 ta oltin, 12 ta kumush va 10 ta bronza medallarini jamg‘arishgan. Paralimpiyachilar esa 4 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida uchinchi bo‘lishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring