Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik mutaxassis nufuzli mukofotni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik mutaxassis nufuzli mukofotni qo‘lga kiritdi

Oybek Qosimov Osiyo Olimpiya kengashining «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

Bangkokda Osiyo Olimpiya kengashining (OOK) 43-Bosh Assambleyasi o‘z ishini boshladi. Dastavval, OOKning amaldagi rahbari Raja Randxir Singx barcha delegatlarni qutlab, kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirdi. Assambleya Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Tomas Baxning OOK oilasiga yo‘llagan murojaati bilan boshlandi.

Shundan so‘ng uzoq yillar qit’amizda Olimpiya harakati rivojiga hissa qo‘shgan mutasaddilarga OOKning eng nufuzli sovrini – «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni topshirildi. Ahamiyatlisi, ulardan biri O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Qosimovga tantanali ravishda taqdim etildi.

43-Bosh Assambleya o‘z ishini davom ettirmoqda. Tadbir doirasida mezbon davlatlar oldinda turgan yirik kompleks musobaqalarga tayyorgarlik bo‘yicha taqdimot o‘tkazadi. Shu jumladan, O‘zbekiston tomoni ham Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlariga ko‘rilayotgan hozirlik bo‘yicha qit’adoshlarimizga ma’lumot beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring