Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Portugaliya — futzal bo‘yicha jahon chempioni

Portugaliya — futzal bo‘yicha jahon chempioni

Foto: «Sport.ua»

Litvada Futzal bo‘yicha 9-jahon chempionati kecha, 3-oktyabr kuni yakuniga yetdi. Qozog‘istonni yutgan Portugaliya va Braziliyadan ustun kelgan amaldagi jahon chempioni Argentina finalda to‘qnashdi.

Final o‘yinida hisobni birinchi bo‘lib 2018-yilgi Yevropa chempionlari ochishdi: Tiagu Brituning uzatmasini Pani golga aylantirdi. Shu goldan ikki daqiqa avval argentinaliklar yetakchilaridan biri Borutta maydondan chetlatilgan edi.

Tanaffusdan so‘ng Pani dublni rasmiylashtirdi, biroq argentinaliklar osonlikcha taslim bo‘lishmadi: Klaudino oradagi farqni qisqartirdi. Argentinaliklarning keyingi hujumlari foyda bermadi: yakuniy hisob 2:1 — portugaliyaliklar foydasiga. Portugaliya o‘z tarixida birinchi marta jahon chempionati oltin medallarini qo‘lga kiritdi.

Uchinchi o‘rin uchun o‘tkazilgan Braziliya–Qozog‘iston bahsida janubiy amerikaliklar 4:2 hisobida ustun kelishdi. Besh karra jahon chempionlari ikkinchi marotaba bronza medalli bo‘lishdi.

Qozog‘iston futzal terma jamoasi esa o‘z tarixidagi eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarildi — jahon chempionatida to‘rtinchi o‘rin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring