Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» angliyalik iqtidorli futbolchini sotib oldi

«Real» angliyalik iqtidorli futbolchini sotib oldi

Madridning «Real» klubi Dortmundning «Borussiya» klub yarim himoyachi Jud Bellingemni sotib oldi. Bu haqda Germaniya klubi rasman e’lon qildi.

Kelishuv har ikki klub tarixidagi eng yirik bitimlardan biri bo‘ladi. Bellingemning transfer narxi 100 million yevrodan oshadi.

19 yoshli angliyalik iqtidor egasi joriy mavsumda Dortmundning «Borussiya» klubi safida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Borussiya» mavsum yakunida Bundesligada ikkinchi o‘rinni egalladi va «Bavariya» bilan teng ochkolar to‘plagan bo‘lsada, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha ortda qoldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring