Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu — eng ko‘p maosh oluvchi sportchi

Ronaldu — eng ko‘p maosh oluvchi sportchi

Foto: Transfermarkt

Krishtianu Ronaldu — dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi sportchisi. Forbes reytingida birinchi o‘rinni egallagan portugal yulduzi hozirda Saudiya Arabistonining «An-Nasr» jamaosida to‘p suryapti.

Forbes ma’lumotiga ko‘ra, Ronalduga Saudiya Arabistonida o‘tkazgan bir mavsumi uchun qariyb $200 mln to‘langan. Qolgan 60 mln dollar unga Binance, Nike va Herbalife brendlari bilan tuzilgan reklama shartnomalaridan kelib tushgan.

Ikkinchi o‘rinni bir yilda $218 mln dollar ishlagan ispan golfchisi Jon Ram egalladi.

Krishning azaliy raqibi — Lionel Messi 2023-yilda $135 mln daromad qildi.

Eng boy sportchilar top-10 reytingida keyingi o‘rinlarni basketbolchilar — Lebron Jeyms ($128,2 mln), Yannis Adetokunbo ($111 mln), futbolchilar — Kilian Mbappe ($110 mln), Neymar ($108 mln), Karim Benzema ($106 mln) va boshqalar band etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring