Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tokio Olimpiadasini Londonga ko‘chirish taklifi ilgari surildi

Tokio Olimpiadasini Londonga ko‘chirish taklifi ilgari surildi

Foto : «Indvstrvs.com»

London meri bo‘lish uchun kurashayotgan Shon Beyli Tokio-2020 Olimpiadasini Londonga ko‘chirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish kerak, degan taklifni ilgari surdi.

Beylining aytishicha, agarda koronavirus hali-veri shashtidan tushmaydigan bo‘lsa, Buyuk Britaniya poytaxtida Olimpidadek ulkan tadbirni o‘tkazish uchun tajriba ham, infratuzilma ham yetarli.

O‘z navbatida, Tokio gubernatori Yuriko Koike taklifni keskin tanqid qildi.

«Ushbu muammodan merlikni egallash manfaatlari yo‘lida foydalanishga urinish noo‘rin. Bu muammo butun dunyo e’tiborini tortishi sayyohlik layneri («Diamond Princess») bilan bog‘liq. Biroq ayni shu kema Buyuk Britaniyaga tegishli. Umid qilamanki, mana shu jihatlar ham e’tiborga olinadi», — dedi u.

Bungacha Tokio olimpiadasi tashkilotchilari ham koronavirus tufayli jiddiy o‘zgarishlarga qo‘l urishga hali ancha erta ekanini ta’kidlashgandi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi ham O‘yinlarning o‘tkazilish joyini ko‘chirish, bekor qilish yoki o‘zgartirishga zarurat yo‘qligini ta’kidlagandi.

Eslatib o‘tamiz, Yaponiyada koronavirusdan kasallanganlar umumiy soni 700 nafardan oshgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring