Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

To‘rt nafar hakam diskvalifikatsiya qilinib, jazoga tortildi

To‘rt nafar hakam diskvalifikatsiya qilinib, jazoga tortildi

To‘rt nafar hakam diskvalifikatsiya qilinib, jazoga tortildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar qo‘mitasi xabar bergan. 

O‘zbekiston kubogi 1-turi yakunlariga ko‘ra, yuzaga kelgan 5 ta bahsli vaziyatlar yuzasidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar qo‘mitasi qarori e’lon qilindi.
Unga ko‘ra:

Joriy yilning 13 aprel kuni O‘zbekiston kubogi H guruhi doirasida bo‘lib o‘tgan «Andijon» – «Dinamo» bahsi birinchi yordamchi hakami Ruslan Serazitdinov o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,4 (qoniqarsiz) bahosiga loyiq ko‘rildi. Unga ko‘ra, O‘FA Hakamlar qo‘mitasi tomonidan Ekspert-hakamlar komissiyasining chiqargan xulosasi, uchrashuv nazoratchisining qo‘ygan bahosi inobatga olingan holda Ruslan Serazitdinovga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3.3-bandiga muvofiq, barcha musobaqalardan 2024 yil 3 iyunga qadar, ya’ni Superliga bahslaridan 5 ta tur hamda O‘zbekiston kubogi bahslaridan 2 ta tur uchrashuvlariga chetlatish, o‘yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 75% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo‘llanildi;

O‘zbekiston kubogi H guruhi 1-turidan o‘rin olgan «Nasaf» – «Navbahor» bahsi bosh hakami Temur To‘xtasinov o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,4 (qoniqarsiz) bahosiga loyiq ko‘rildi. Unga ko‘ra, O‘FA Hakamlar qo‘mitasi tomonidan Ekspert-hakamlar komissiyasining chiqargan xulosasi, uchrashuv nazoratchisining qo‘ygan bahosi inobatga olingan holda bosh hakamga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3.3-bandiga muvofiq, barcha musobaqalardan 2024 yil 3 iyunga qadar, ya’ni Superliga bahslaridan 5 ta tur hamda O‘zbekiston kubogidan 2 ta tur uchrashuvlariga chetlatish, o‘yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 75% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo‘llanildi;

O‘zbekiston kubogi D guruhi 1-turidan o‘rin olgan «Lokomotiv» – «Zomin» bahsi bosh hakami Ibrohim Ismoilov o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,9 (qoniqarli) bahosiga loyiq ko‘rildi. O‘FA Hakamlar qo‘mitasi tomonidan bosh hakamga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3.1-bandiga muvofiq, barcha musobaqalarning 1 ta tur bahslaridan chetlatish, o‘yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 25% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo‘llanildi;

O‘zbekiston kubogi E guruhi 1-turidan o‘rin olgan «Lokomotiv-BFK» – «Chig‘atoy» bahsi bosh hakami Akmal Rahimov o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatolari tufayli uchrashuv nazoratchisi tomonidan 7,9 (qoniqarli) bahosiga loyiq ko‘rildi. O‘FA Hakamlar qo‘mitasi tomonidan bosh hakamga Hakamlar tartib-intizom kodeksining 2.3.1-bandiga muvofiq, barcha musobaqalarning 1 ta tur bahslaridan chetlatish, o‘yin uchun belgilangan hakamlik maoshidan 25% miqdorida olib tashlash jarima-intizom chorasi qo‘llanildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring