Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yarim marafon boshlandi

Toshkentda yarim marafon boshlandi

Foto: «Uza.uz»

Poytaxtimizda I xalqaro Toshkent yarim marafoniga start berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Yengil atletika federatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkillashtirilgan marafonda dunyoning 28 davlatidan kelgan 1650 nafardan ortiq professional va havaskor atletlar 5 va 21 kilometr masofaga yugurmoqdalar.

Mamlakatimizda yosh avlodni jismonan va ma’nan sog‘lom etib tarbiyalash, sportni rivojlantirish, bu jarayonda Olimpiya sport turlarini yanada ommalashtirish, jahon maydonlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir iste’dodli sportchilarni tayyorlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doimiy e’tibor qaratilmoqda

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 9 martdagi O‘zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlashga oid, 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 10 avgustdagi “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O‘zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilinishi soha rivojida muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

I xalqaro Toshkent yarim marafoni doirasida Marafon doirasida imkoniyati cheklanganlar uchun 1 kilometr masofaga yugurish bahslari ham o‘tkazilmoqda. Shuningdek, ishtirokchilar, mehmonlar uchun esa turli xalq sayillari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yarim marafonda 1 o‘rindan 8 o‘ringacha yetib borgan sportchilar 12 million so‘mdan 3 million so‘mgacha pul mukofoti, diplom va medallar bilan taqdirlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring