Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

U-20 jahon chempionati. O‘zbekiston 1/8 finalda Isroil bilan kuch sinashadi

U-20 jahon chempionati. O‘zbekiston 1/8 finalda Isroil bilan kuch sinashadi

Argentinada davom etayotgan U-20 jahon chempionatining bugun tunda o‘tkazilgan «C» guruhidagi uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, 1/8 final bahsida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi qaysi jamoa bilan ro‘baro‘ kelishi aniqlandi.

«S» guruhidagi jamoalar ishtirokidagi 3-tur bahslarida Kolumbiya – Senegal 1:1 hisobida durangga kelishdi. Yaponiya – Isroil o‘yinida 1:2 hisobida isroillik yosh futbolchilar zafar quchdi.

Ushbu natijalardan keyin  Kolumbiya 7 ochko bilan guruhda yetakchiga aylangan bo‘lsa, so‘nggi turdagi g‘alabasi evaziga isroilliklar 4 ochko bilan nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, 1/8 final o‘yinida O‘zbekiston bilan kuch sinashadi. 

Ma’lumot uchun, Jahon chempionati o‘yinlari taqvimiga binoan O‘zbekiston – Isroil jamoalarining 1/8 finaldagi uchrashuvi 31 may kuni tungi soat 02:00 da boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring