Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

U-23: O‘zbekiston Gongkong ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

U-23: O‘zbekiston Gongkong ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi

O‘zbekistonning futbol bo‘yicha 23 yoshli yigitlardan tashkil topgan terma jamoasi Olimpiada yo‘lidagi ikkinchi o‘yinda ham ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Saralash bosqichining ikkinchi turida o‘zbekistnlik futbolchilar Gongkong terma jamoasini 10:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

90+6 daqiqa davom etgan uchrashuvda gollar: Husayn Norchayev (6, 59 va 69-daqiqalar), Abbosbek Fayzullayev (25-daqiqa), Alisher Odilov (28-daqiqa), Umarali Rahmonaliyev (p) (57-daqiqa), Man Yip Cheuk (74-daqiqa), Ulug‘bek Hoshimov (83, 88 va 90+3-daqiqalar) tomonidan urilgan.

Eslatib o‘tamiz, saralash bosqichining 1-turida O‘zbekiston Afg‘oniston ustidan 8:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring