Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yuventus» Ronalduni sotadi

«Yuventus» Ronalduni sotadi

Foto: EPA

«Yuventus» rahbariyati jamoa yetakchisi Krishtianu Ronalduni sotish imkoniyatlarini ko‘rib chiqyapti. 36 yoshli futbolchi Turinni joriy mavsum tugashi bilan tark etishi mumkin.

Ehtimolda tutilayotgan hamkorlikning to‘xtatilishiga sabab sifatida Ronalduga yiliga to‘lanadigan 31 million yevrolik juda yuqori maosh ko‘rsatilgan Bu haqda italiyalik jurnalist va insayder Nikola Skira «Twitter»dagi sahifasida yozdi.

Eslatib o‘tamiz Ronaldu 2018-yilning yozidan buyon «Yuventus»da o‘ynamoqda. U bilan tuzilgan shartnoma muddati 2022-yil yozida tugaydi.

Chempionlar ligasi 1/8 finalida «Yuventus» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (1:2, 3:2) «Portu»ga yengilib, turnirni tark etgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring