Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi

Zaynab Dayibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari litsenziyasini qo‘lga kiritdi

Bugun qilichbozlik sportida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun reyting ochkolarini jamg‘arish davri rasman yakunlandi.

Quvonarlisi, sablya bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Zaynab Dayibekova ushbu reyting orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri 4 yillikning eng nufuzli musobaqasiga yo‘llanma oldi.

Shu tariqa, Dayibekova faoliyatida ikkinchi bor Olimpiya o‘yinlarining ishtirokchisiga aylanmoqda.

Qolgan yo‘nalishlardagi qilichbozlarimiz 27-28 aprel kunlari BAAning Fujayra shahrida o‘tadigan qit’aviy litsenzion turnir orqali yo‘llanma olishga harakat qilishadi.

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga qo‘lga kiritgan litsenziyalari 26 taga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring